Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tabrikladi
5-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar Tojikiston xalqining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadallashib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, transport, energetika, geologiya, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklik davom etmoqda.
Hududlar o‘rtasida va madaniy-gumanitar jabhada faol almashinuvlar amalga oshirilmoqda.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter