Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidentini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidentini tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga uning ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etilgan maktub yo‘lladi.

«Sizning ushbu yuksak lavozimdagi faoliyatingiz O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona va ko‘p qirrali munosabatlarni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman», — deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.

Eslatib o‘tamiz, Shtaynmayer Germaniya Federal yig‘ini saylovida 1045 ovoz to‘plab, ikkinchi muddatga mamlakat prezidenti bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring