Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari nutqi avvalida Qirg‘iziston prezidentiga samimiy qabul va sammitni a’lo darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Maslahat uchrashuvida ilk bor ishtirok etayotgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni qutladi.

«Bugun qayta-qayta ta’kidlanganidek, ushbu formatda yo‘lga qo‘yilgan muloqot tufayli biz do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga, mintaqada mutlaqo yangi konstruktiv hamkorlik muhitini yaratishga erishdik.

Biz Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha murakkab vazifalarni izchil hal etib kelmoqdamiz.

Bu yo‘lda ko‘plab to‘siqlar olib tashlandi, fuqarolarimizning erkin harakatlanishi, faol madaniy va sayyohlik almashinuvi uchun sharoitlar yaratildi.

O‘zaro savdo va investitsiyalarning o‘sishiga xizmat qiluvchi qulay muhit shakllandi.

Birgina so‘nggi besh yilning o‘zida viloyatlararo tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar oshdi.

Shuningdek, qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, samarali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga kirishdik.

Eng muhimi, qardosh xalqlarimiz ana shu ijobiy o‘zgarishlarni his qilyapti», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring