Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentyabr kuni Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat Prezidentlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi qo‘shma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Buning uchun zaror shartnomaviy-huquqiy asoslarni shakllantirish, qo‘shma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar va hududlararo aloqalarni kengaytirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi samarali raisligini qayd etib, sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat zrtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Avvalroq Mo‘g‘uliston prezidenti Samarqandga kelib, Islom Karimov qabrini ziyorat qilgani ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring