Shavkat Mirziyoyev: «Prokuratura xodimlari boshqa davlat organlari xizmatchilariga o‘rnak bo‘lsin» (video)

Shavkat Mirziyoyev
Avval xabar berganimizdek, bugun, 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlar jarayonida prokuratura organlari tomonidan qilinayotgan ishlar va ular oldida turgan vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari prokuratura organlari oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishni yakunlar ekan, prokuratura xodimlari yuqori kasbiy malaka va yuksak insoniy fazilatlari bilan davlat organlari xizmatchilariga o‘rnak bo‘lishi, hamisha adolat va qonuniylik himoyasida turishi lozimligini alohida ta’kidladi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter