Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarning bugungi yuksak darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter