Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbarini tabrikladi

Arxiv foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga milliy bayram – XXR tashkil topgan kun munosabati bilan tabrikladi. Davlatimiz rahbari Xitoy yetakchisiga mustaham sog‘lik, oilaviy baxt va katta muvaffaqiyatlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Xitoyning global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, yangi tahdid va xatarlarga, shu jumladan iqlim o‘zgarishi va COVID-19 pandemiyasiga qarshi samarali kurashishdagi faol sa’y-harakatlari va salmoqli hissasi eng yuksak e’tirofga munosib.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

O‘rtamizdagi do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangan mustahkam shaxsiy munosabatlarimizni chin dildan e’zozlayman. Sizning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Xitoy hamkorligiga qaratayotgan alohida e’tiboringizni yuksak qadrlayman.

Ishonchim komil, Sizning bo‘lajak davlat tashrifingiz va Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi sammitida ishtirokingiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi», – deyiladi maktubda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring