Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Yaponiya – ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega mamlakat. Iqtisodiyot rivoji bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.  «Katta yettilik» davlatlari qatoriga kiradi, xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin ko‘p qirrali hamkorlik bog‘lab turadi. Davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. 

Prezident dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida bo‘ladi. Tokio shahrida Yaponiya Imperatori, Bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring