Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga «Xagibis» to‘foni yopirilishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, «Xagibis» to‘foni kecha, shanba kuni Yaponiyaning eng yirik — Xonsyu oroliga Idzu yarimoroli tomonidan yopirib kirgan. To‘fon markazidagi bosim 945 gektopaskalni tashkil etib, shamolning tezligi soniyasiga 45 metrdan 65 metrgacha chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter