Shavkat Mirziyoyevni Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahriga keldi.
Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 6-dekabrga mo‘ljallangan. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish iqtiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv natijalari bo‘yicha 20 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter