Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga amaliy tashrifini yakunladi.

Budapeshtda davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda «OTP» banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Mamlakatimiz yetakchisi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring