Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT Bosh kotibi Toshkentga keldi

ShHT Bosh kotibi Toshkentga keldi

Foto: TIV matbuot xizmati

2022-yil 13-may kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min Toshkentga keldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov kutib oldi.

Chjan Minning mamlakatimizga tashrifi mobaynida O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring