2018 yilda ShHTga a’zo davlatlarning qo‘shma chegara operatsiyasi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida 2018-yil 5-aprel kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, tadbirda Qirg‘iziston Respublikasi raisligida o‘tgan tadbirda Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Hindiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Majlisda ShHTga a’zo davlatlarning 2019–2021-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda ShHT Qirg‘iziston Respublikasi raisligida kengashining ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashiga ShHT Qirg‘iziston Respublikasi raisligidaning 2017-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti loyihalari ma’qullandi.
ShHTga a’zo davlatlarning 2016–2018-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda ShHT MATT qarorlarining 2017-yildagi ijrosi, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining ShHTga a’zo davlatlar hududidagi ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslarni terroristik va ekstremistik tashkilotlarga jalb etishga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi.
Terrorizm, separatizm va ekstremizm maqsadlarida internet tarmog‘idan foydalanishni aniqlash hamda unga chek qo‘yish bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining «Syamin — 2017» qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘uloti yakunlari ma’qullandi. 2018-yilda ShHTga a’zo davlatlarning qo‘shma chegara operatsiyasini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
ShHTga a’zo davlatlarga xalqaro terroristik tashkilotlar tomonidan bo‘layotgan tahdidlar muhokama qilindi. ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda BMT Xavfsizlik Kengashi Terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi ijrochi direktori va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar loyihalari ma’qullandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter