Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo viloyati hokimi qator amaldorlarni jazoga tortdi

Surxondaryo viloyati hokimi qator amaldorlarni jazoga tortdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Qosimov barcha o‘rinbosarlariga ogohlantirish, bir nechta mutasaddi rahbarlarni esa intizomiy jazoga tortdi.

Viloyat hokimi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniq muddat bilan vazifalar bajarilishi belgilangan bo‘lishiga qaramay topshiriqlar bajarilmagan.

Xususan, viloyat hokimining o‘rinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi ta’minlanmagan.

Ijro intizomini o‘z holiga tashlab qo‘ygan viloyat hokimining o‘rinbosarlari ogohlantirildi. Qishloq xo‘jaligi kotibiyat mudiri, «Surxondaryo HETK» AJ va uning Denov, Muzrabot, Angor, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Sherobod va Sho‘rchi tuman bo‘limlari, «Surxondaryoavtoyo‘l», «Surxondaryo suv ta’minoti», «Suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari qurilishi bo‘yicha» boshqarmasi, «Yagona buyurtmachi xizmati», «Hududgazta’minot», «O‘zneftgazinpeksiya» va «O‘zenergonazorat» bo‘limlari rahbarlariga, bir nechta tuman hokimi o‘rinbosarlariga intizomiy jazo qo‘llash topshirig‘i berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring