Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez tibbiy xizmatning 3 ta «xo‘jayini» bor» — prezident

«Tez tibbiy xizmatning 3 ta «xo‘jayini» bor» — prezident

Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha boshlangan videoselektor yig‘ilishida tez tibbiy yordamning 3 ta «xo‘jayini» borligi aytilgan.

«Misol uchun, tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi bo‘yicha 2021 yilning o‘zida viloyatlardan 50 mingdan ziyod shikoyat tushgan. Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni tez tibbiy xizmatning 3 ta «xo‘jayini» bor. Jumladan, tibbiyot xodimini «rayzdrav» tayinlaydi, dispetcherlarni ishga qabul qilish va dori-darmon ta’minoti viloyat shoshilinch yordam markazida, transport parki, yoqilg‘i ta’minoti va haydovchilar esa «oblzdrav»ga bo‘ysunadi», degan prezident.

Bunday boshqaruv tizimida chalkashliklar ko‘pligi, buning oqibatida tez tibbiy yordam xizmati ko‘rsatish tuman hududi bilan cheklanib qolgani, tez yordam stansiyasi qo‘shni tuman bilan chegaradosh bo‘lsa ham, boshqa hudud degan vaj bilan chaqiruvni qabul etmasligi tanqid qilingan.

Yig‘ilishda viloyat shoshilinch markazlarida 40 dan ziyod yuqori texnologik operatsiyalar yo‘lga qo‘yilganini qayd etib, davlatimiz rahbari tibbiyot sohasi vakillar bilan ochiq muloqotda tez yordam xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab masalalar ko‘tarilgan.

«Tibbiyot tizimidagi islohotlarimizni odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rgandagina his qiladi. Inson sog‘lig‘i va uning hayotini saqlab qolishda «oltin soat» oralig‘ida birinchi yordam ko‘rsatuvchi bo‘g‘in, albatta, tez tibbiy va shoshilinch yordam hisoblanadi», degan davlat rahbari.

So‘nggi 5 yilda:

  • 2224 ta yangi tez yordam mashinai olib berilgan yoki transport parkining 80 foizi yangilangan;
  • zamonaviy reanimatsiya mashinalari soni 24 tadan 435 taga ko‘paytirilgan;
  • bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 16 baravarga, dori-darmon turlari 20 tadan 45 tagacha oshirilgan.
  • tez yordam podstansiyalari soni 800 tadan 1 666 taga, tibbiy yordam brigadalari esa 1 890 tadan 2 695 taga yetkazilgan, natijada tez yordamning kechikishlari shaharlarda 10 baravarga qisqargan.

Misol uchun, «Qamchiq» dovonidagi avtohalokatlarda og‘ir tan jarohati olgan bemorlar oldinlari 100 kilometr masofani bosib, Toshkent va Namangan shahridagi shoshilinch markazlarga olib borilgan.

Angren shahri va Pop tumanida ochilgan markazlar hisobiga o‘tgan 3 oyning o‘zida bosh miyada 80 ga yaqin shoshilinch murakkab operatsiyalar o‘tkazilgan. Yoki Qo‘rg‘ontepa tumanida tashkil etilgan markazda o‘tkir yurak qon-tomir kasalliklari bo‘yicha 68 nafar bemorga shoshilinch operatsiyalar o‘tkazilib, ularning hayoti saqlab qolingan. Oldinlari bu operatsiyalar faqat Andijon shahrida bo‘lgan.

Shahrisabz, Kasbi, Sirdaryo tumanlarida bunday markazlarni tashkil etish ishlari sust kechayotgani aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring