Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining maxsus farmoyishi bilan Rustam Shamuratov To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Shamuratov Rustam Azatovich Qoraqlapog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining maxsus farmoyishi qabul qilindi.

Tayinlovga qadar Rustam Shamuratov Ellikqal’a tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Undan avvalroq, Rustam Shamuratov Qoraqalpog‘iston Moliya vazirligining To‘rtko‘l tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring