Tramp haqidagi shov-shuvli kitob asosida kino olinadi

Hozir bu asar AQShdagi eng xaridorgir kitobga aylandi.
Jurnalist Maykl Vulffning katta mojarolarga sabab bo‘lgan «Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» nomli kitobi asosida teleserial suratga olinadi, deb xabar qilmoqda «Hollywood Reporter» nashri.
Bestseller asarni «Endeavor Content» kinokompaniyasi suratga oladi. Muallif buning uchun bir necha million dollar gonorar olishi taxmin qilinmoqda. Vulff suratga olish ishlarida shaxsan qatnashib, ijrochi prodyuser vazifasini bajaradi.
«Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» kitobi 9 yanvarda ommaga taqdim etilgan. Lekin u Tramplar oilasiga ma’qul bo‘ldi? deyish qiyin. Oq uydagilar, jumladan Trampning shaxsan o‘zi muallifni ruhiy xasta deb atamoqda. Hozir bu asar AQShdagi eng xaridorgir kitobga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter