Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro media hollda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Xalqaro media hollda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bugun 18-oktyabr kuni Xalqaro Media hollda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan nodavlat va davlat ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallar, veb saytlar vakillari, jurnalist hamda blogerlarga o‘z saylovoldi tashviqot-targ‘ibot tadbirlarini namoyish qilish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Partiya a’zolari Media xollga o‘z saylovoldi targ‘ibot vositalari, bayroqlar, flayer va boshqa turdagi tarqatma materiallari bilan kirib kelishdi. Shundan so‘ng partiya vakillari tadbir ishtirokchilariga mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirgan tarhibot-tashviqot tadbirlari, saylovchilar bilan uchrashuvlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Saylovoldi tashviqot ishlari uchun siyosiy partiyalar nomzodlariga tenglik tamoyillari asosida ajratib berilgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanilmoqda. Shu bilan birga, internet tarmoqlari, nodavlat tele va radiokanallar, nodavlat matbuot nashrlari orqali nomzod va uning saylovoldi dasturi haqidagi ma’lumotlar muntazam yoritib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2021-yil 27-avgust kuni partiyaning III s’yezdida O‘zbekistonda prezidentlik saylovida ishtirok etish va prezident lavozimiga partiya rahbari Narzullo Oblomurodovni nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qilindi hamda Nomzodning Saylovoldi dasturi ma’qullangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring