Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zaxarova AQShning ayblovini mantiqsiz deb atadi

Zaxarova AQShning ayblovini mantiqsiz deb atadi

Mariya Zaxarova

Foto: «Lenta.ru»

«AQSh tomonidan 13 nafar rossiyalikning Amerikadagi prezidentlik sayloviga aralashuvi to‘g‘risidagi ayblov mantiqsiz va AQSh siyosiy doiralarining haqiqiy yuzini ochib beradi». Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Avvalroq AQSh maxsus prokurori Myuller Rossiyaning 13 fuqarosi va uchta kompaniyasini «AQShga qarshi fitna va qalloblik»da ayblab chiqqandi.

«13 kishi butun boshli saylovga ta’sir etishi juda g‘alati. 13 kishi milliardlab dollarlik budjetga ega xavfsizlik kuchlariga qarshi? Qancha maxsus xizmatlar, texnologiyalar va hokazolar. Ha, haqiqatan ham mantiqsiz ayblov», — deb yozgan Zaxarova «Facebook»dagi sahifasida.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring