Zelenskiy Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisini tayinladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning buyrug‘i bilan Nikolay Doroshenko mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda prezidentning rasmiy saytida e’lon qilingan.
Doroshenko avval Ukrainaning Qirg‘izistondagi elchisi bo‘lgan, shuningdek, Rossiyadagi diplomatik vakilligida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi elchi Yuriy Savchenko 2019 yil martida o‘z missiyasini yakunlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter