Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2036-yilgi Olimpiada qayerda o‘tadi?

2036-yilgi Olimpiada qayerda o‘tadi?

2036-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik uchun kurashayotgan mamlakatlar soni yettitaga yetdi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) e’lon qilgan ro‘yxatga ko‘ra, to‘rt yillikning eng yirik sport anjumaniga mezbonlik uchun da’vogarlar:

  • Germaniya (Myunxen shahri nomzodini ilgari surmoqda);
  • Vengriya (Budapesht);
  • Hindiston (Ahmadobod);
  • Qatar (Doha);
  • Janubiy Koreya (Seul);
  • JAR (Keyptaun);
  • Turkiya (Istanbul).

Boshqa mamlakatlarda ham ushbu ro‘yxatga qo‘shilish imkoniyati bor. Ariza topshirish — 31-oktyabrgacha.

Musobaqaning mezbonligiga yakuniy da’vogarlar ro‘yxati (short-list) 2027-yilning martida tasdiqlanadi. XOQ asosiy nomzodlarni 2028-yilning oxirida e’lon qilishni rejalashtirgan, yakuniy qaror esa 2029-yilning o‘rtalarida ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Qiziq faktlar

Hindiston o‘z tarixida ilk bor Olimpiadani o‘tkazish uchun ariza topshirdi.

Qatar musobaqani Doha shahrida o‘tkazmoqchi. Biroq yozdagi kuchli issiq tufayli, xuddi JCh-2022 kabi, Olimpiya o‘yinlarining vaqtini kuz fasliga surishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

JAR agar g‘olib chiqsa, Olimpiadani qabul qilgan ilk Afrika davlatiga aylanadi.

Ba’zi mamlakatlar 2036-yildan keyingi, xususan 2040 va 2044-yilgi yozgi O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha XOQ bilan hozirdanoq norasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqin yillardagi to‘rtta Olimpiada mezbonlari allaqachon aniq bo‘lib ulgurgan: 2028-yilda Los-Anjeles (AQSh), 2030-yilda Fransiya Alp tog‘lari, 2032-yilda Brisben (Avstraliya) va 2034-yilda Yuta (AQSh) sport bayramiga mezbonlik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring