O‘zbekiston Ukrainani yengib, shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylandi
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi erkaklar jamoasi Samarqanddagi 46-shaxmat olimpiadasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
So‘nggi 11-turda Ukrainaga qarshi o‘yin yakunlanmasdan chempionlik kafolatlandi, chunki jamoaning chempionlik kurashidagi asosiy raqibi bo‘lgan Hindiston Vengriya bilan durang o‘ynab qo‘ydi va O‘zbekiston birinchi o‘rinni o‘zida saqlab qoladigan bo‘ldi.
O‘zbekiston – Ukraina 2,5:1,5
Nodirbek Abdusattorov (2762) – Igor Kovalenko (2642) 0,5:0,5
Javohir Sindarov (2778) – Vasiliy Ivanchuk (2630) 0,5:0,5
Nodirbek Yoqubboyev (2685) – Igor Samunenkov (2608) 0,5:0,5
Muhiddin Madaminov (2611) – Roman Dextyaryov (2508) 1:0
Shu tariqa, O‘zbekiston 11 turda 22 imkoniyatdan 20 ochko jamg‘ardi va birinchi o‘rinni egalladi. Hindiston (18) ikkinchi, Germaniya (18) uchinchi bo‘ldi.
O‘zbekiston musobaqa davomida faqat Germaniyadan mag‘lub bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter