Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abbos Fayzullayev SSKA g‘alabasiga o‘z goli bilan hissa qo‘shdi

Abbos Fayzullayev SSKA g‘alabasiga o‘z goli bilan hissa qo‘shdi

Foto: Match TV

Bugun, 7 aprel kuni Rossiya premer-ligasining 23-turi doirasida Moskvaning SSKA klubi o‘z maydonida Voronejning «Fakel» klubini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«VEB-Arena»da o‘tgan o‘yinda gollarni maydon egalaridan Tamerlan Musayev (35-daqiqa), Ivan Oblyakov (60), Abbos Fayzullayev (75) va Fedor Chalov (90) kiritishdi. Mehmonlar yagona golni 90+4 daqiqada kiritishdi (Vasiliy Cherov).

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov «Fayzullayevning bugungi o‘yinini qanday baholaysiz?» degan savolga: «Fayzullayev bugun o‘yinda faol qatnashdi, zonalarni topa oldi», deb javob berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring