Abbosbek Fayzullayev o‘ziga xos natija qayd etdi
Rossiya chempionatining 29-turida SSKA safarda «Nijniy Novgorod» jamoasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Abbosbek Fayzullayev jamoasining ikki goliga assistentlik qildi. Shu tarzda o‘zbekistonlik 20 yoshli yarimhimoyachi Premer-liganing ushbu mavsumida 10+ ochko (4 gol va 7 assist) to‘plagan eng yosh futbolchiga aylandi.
Bundan tashqari, hujumkor futbolchimiz Rossiya kubogi musobaqasi doirasida o‘nta bellashuvda bitta gol va uchta assist muallifi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter