Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akademik Saidov yoshlar bilan muammolarni tahlil qildi

Akademik Saidov yoshlar bilan muammolarni tahlil qildi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Akmal Saidov Toshkent viloyati Zangiota tumanida mahalliy yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv tumandagi sport va ilm-fan yo‘nalishida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritgan yoshlar, shuningdek, salohiyatli kelajak avlod bilan davra suhbati shaklida bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida bugungi kunda yoshlarimizning o‘z oldilaridagi maqsadlari va ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar yoshlar bilan birgalikda atroflicha tahlil qilindi.

Uchrashuvda tumanning iqtidorli sportchilari tomonidan xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritilgan bir qator yutuqlari bo‘yicha maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbir yakunida Akmal Saidov Zangiota tumani yoshlari uchun tumanda joylashagan bolalar va o‘smirlar sport maktabiga Prezident sovg‘alari – sport anjomlarini topshirdi. Shuningdek, Tayekvondo ITF Toshkent viloyati bo‘limiga ikkita tatami sovg‘a qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring