Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amalga oshmagan «qasos rejasi»: «Real» g‘alabalari haqida o‘nta fakt

Amalga oshmagan «qasos rejasi»: «Real» g‘alabalari haqida o‘nta fakt

Foto: Chempionat.

Tunda Parijda kechgan YeChL finalida «qasos rejasi» amalga oshmadi. Muhammad Salohni yana «Real Madrid» YeChL kubogisiz qoldirdi. Parijdagi Chempionlar ligasi finalida «oq blankos» «Liverpul»ni mag‘lub etdi.

Yagona golga Vinisius mualliflik qildi. Shu tariqa Madrid jamoasi o‘z tarixida 14 ta YeChL kubogini qo‘lga kiritib, o‘z rekordini o‘zi yangilab qo‘ydi.

Quyida chempionlik haqida o‘nta faktni keltirib o‘tamiz.

«Real» o‘z tarixida o‘n to‘rtinchi marta YeChL sohibiga aylandi va eng yaqin ta’qibchisi «Milan»dan 2ta yutuqqa oshib ketdi.

Madrid jamoasi dastlabki 7 ta YeChL kubogini qo‘lga kiritish uchun, yarim asr vaqt sarflagan edi. Keyingi 7 ta kubokni qo‘lga kiritish uchun 22 yil kifoya qildi.

«Real» so‘nggi 8 yil ichida 5 marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

Karlo Anchelotti 4 marta YeChL yutgan birinchi murabbiyga aylandi («Milan» — 2003 va 2007, «Real» — 2014 va 2022).

Karim Benzema, Isko, Dani Karvaxal, Marselo, Luka Modrich va Garet Beyl 5 marta YeChL yutgan futbolchilarga aylanib, Krishtianu Ronalduning rekordini takrorlashdi.

«Real Madrid» chempionlik yo‘lida APLning TOP 3 jamoasini mag‘lub etishga erishdi.

Karim Benzema 15 ta gol, ikkita golli uzatma oshirib, YeChLda tengsiz bo‘ldi.

Marselo «Real»dagi 15 yillik faoliyatida 25 ta sovrinni qo‘lga kiritdi va Madriddagi faoliyati yakunlanganini e’lon qildi.

Kurtua Chempionlar ligasi finalida 9 marta seyv amalga oshirgan birinchi darvozabonga aylandi. U YeChL joriy mavsumida 59 ta seyv amalga oshirdi — bu rekord natija.

1981 yildagi Parij finalidan beri «Real» finallarda mag‘lub bo‘lmayapti.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring