Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya premer-ligasi 2021-yil mavsumigacha muxlislarsiz o‘tish mumkin

Angliya premer-ligasi 2021-yil mavsumigacha muxlislarsiz o‘tish mumkin

Foto:«Klook»

Muxlislar Angliya premer-ligasi o‘yinlarini 2021-yil mavsumigacha jonli tomosha qila olmasliklari mumkin.

Premer-liga rahbariyati koronavirus tufayli to‘xtatilgan mavsumni qayta tiklash variantlarini o‘rganishda davom etmoqda.

The Mirror xabariga ko‘ra, Britaniya futboli rasmiylarining navbatdagi uchrashuvi 17-aprel kuni o‘tkazilishi kerak edi. U yana mavsumni takrorlash sanasini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, mavsum yakuniga qadar barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa, muxlislar Premer-liga o‘yinlarini 2021- yilgacha jonli tomosha qila olmaydilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring