Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyada eng yaxshi murabbiy aniqlandi

Angliyada eng yaxshi murabbiy aniqlandi

Angliya premer ligasi 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi bosh murabbiyi deb «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp topilgan.

Avval xabar berganimizdek, eng yaxshi bo‘lishga nomzodlar muxlislar va futbol ekspertlari orasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan. Shu tariqa Klopp mazkur sovringa ikkinchi marta ega chiqqan.

Ushbu mavsumda Klopp boshchiligidagi «Liverpul» vitse-chempion bo‘lgan, Angliya liga kubogi va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, YeChL finaliga ham chiqqan va unda Madridning «Real» jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring