Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti» mojarosi: BAA Britaniyaga shart qo‘ydi

«Manchester Siti» mojarosi: BAA Britaniyaga shart qo‘ydi

Foto: Getty Images

Birlashgan Arab Amirliklari Premer-liganing «Manchester Siti» klubiga nisbatan chiqargan qat’iy qaroriga javoban, Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga kiritilayotgan milliardlab funt sterling hajmidagi bo‘lajak investitsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. The Telegraph nashri xabar berishicha, ushbu diplomatik inqiroz ikki davlat o‘rtasidagi yirik loyihalarni xavf ostiga qo‘ymoqda.

Abu-Dabi rasmiylari Britaniya hukumatini ushbu sud qarori Amirliklarning mamlakatga bo‘lgan investitsion ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatganidan ogohlantirgan. Oqibatda, BAA tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan va Britaniya ilm-fani uchun strategik ahamiyatga ega Oksford — Kembrij texnologik yo‘lagi loyihasi to‘xtab qolish arafasida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonga tegishli «Manchester Siti» klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda ayblanib, unga qarshi qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasida aybdor deb topildi. Klub, jumladan, o‘z moliyaviy ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda 900 million funt sterlingdan ko‘proqqa oshirib ko‘rsatganlikda ayblanmoqda.

O‘z navbatida, «Manchester Siti» klubi rahbariyati APL komissiyasining ushbu qarori mutlaqo nohaq ekanini ta’kidlab, rasman appelyasiya berishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring