Angliyada futbol tarixidagi eng tezkor gol urildi
Angliyaning «Kroydon» klubi futbolchisi Rayan Xoll uchrashuv xushtagi chalinganidan so‘ng darhol maydon markazidan gol urdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Xollga gol urish uchun atigi 2,31 soniya kerak bo‘ldi, bu futbol tarixidagi eng tezkor gol sanaladi. «Kroydon» o‘z futbolchisining ushbu yutug‘ini qayd etish uchun Ginnesning rekordlar kitobiga ariza topshirdi.
Biroq Ginnesning rekordlar kitobi vakillari Rayan Xollning rekordini hisobga olishdan bosh tortishdi.
«Gol ajoyib bo‘ldi. Professional futboldan tashqaridagi yutuqlarni qayd etmayotganimizdan afsuslantirmoqda, bunda biz boshqaruv organlari va sport yutuqlarini tahlil qiluvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga tayanishimiz mumkin», deyiladi Rekordlar kitobi bayonotida.
1953-yilda tashkil etilgan «Kroydon» havaskor jamoa hisoblanib, Angliya birinchi divizionining Janubiy grafliklar ligasida o‘ynaydi.
Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilgan eng tezkor gol Rikardo Oliveyraga tegishli - 2,8 soniya.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter