«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirusga uchradi. Klub karantinga olinadi

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda klub tomonidan rasmiy xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub bazasining aksariyat xodimlari karantinga olinadi. Shuningdek klub akademiyasidan ham ko‘pchilik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Arteta bilan yaqin aloqada bo‘lmagan xodimlar esa yaqin vaqtlar ichida ishga chiqishi kutilmoqda. Baza ichida esa dezinfeksiya ishlari olib borilyapti.
«Mazam bo‘lmagandan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tishga qaror qildim. Koronavirus topilganidan chuqur qayg‘udaman. Shifokorlar ruxsat bergani hamono ishga qaytaman», — deydi Artetaning o‘zi.
«Arsenal»ning bir nechta o‘yini boshqa vaqtga qoldirilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter