Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asilbek Aliyev — Osiyo kubogi (U17)da kashf etilgan olti futbolchi qatorida

Asilbek Aliyev — Osiyo kubogi (U17)da kashf etilgan olti futbolchi qatorida

Foto: The AFC

FIFA rasmiy sayti Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo kubogi kashfiyotiga aylangan 6 nafar futbolchi haqida yozdi.

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi hujumchisi va musobaqa to‘purari Asilbek Aliyev ham ular qatorida tilga olindi.

«O‘zbekistonning chempionlik yo‘lida eng asosiy futbolchilardan biri, hujum chizig‘ini ishonchli va xotirjam boshqardi. Dastlabki to‘rt o‘yinda beshta gol urib, ajoyib hujumchiligini ko‘rsatdi. Yakunda turnir to‘purari hamda Markaziy Osiyo futbolining eng yorqin kelajak yulduzi sifatida katta e’tirofga sazovor bo‘ldi», deyiladi Aliyev haqida.

E’tirof etilgan boshqa futbolchilar: Abdurahmon Sufyani (Saudiya Arabistoni), Kim In Song (KXDR), Kim Yu-Jin (Shimoliy Koreya), Evandra Florasta (Indoneziya) va Muhammad Nazriyev (Tojikiston).

Bizning nazarimizda, yuqoridagi e’tirofga barcha o‘smirlarimiz loyiq — buni isbotlashdi va isbotlashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring