Bir qadam bossang bas!

Bugun, 20-aprel kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionligi uchun maydonga tushadi.
Islom Ismoilov boshchiligidagi bugun jamoa musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni o‘smirlar terma jamoasiga qarshi saf tortadi. Uchrashuv Toif shahridagi «King Fahd sports stadium» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, «kichik oq bo‘rilar» saudiyaliklarga qarshi musobaqaning guruh bosqichida ham ro‘baro‘ kelgandi va o‘sha o‘yinda O‘zbekiston U17 yirik, 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2010 va 2012-yillarda qit’a chempionati finaliga chiqqan va 2012-yilgisida musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter