Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayntraxt» — Yevropa ligasi g‘olibi!

«Ayntraxt» — Yevropa ligasi g‘olibi!

Foto: «Chempionat»

Ispaniyaning Sevilya shahrida Yevropa ligasi finali yakuniga yetdi.

«Reynjers» (Shotlandiya) va «Ayntraxt» (Germaniya) o‘rtasidagi bahsning asosiy vaqti va qo‘shimcha taymlari 1:1 hisobida tugadi. 

O‘yin taqdirini penaltilar seriyasi hal etdi.

Yevropa ligasi, Sevilya 

Ayntraxt Frankfurt — Glazgo Reynjers — 1:1

Gollar: Borre (69) — Aribo (57) 

Penaltilar seriyasi — 5:4

Bu yilgi mavsumda Germaniya Bundesligasida 11-o‘rinni egallagan «Ayntraxt» Yevropa ligasi g‘olibligi evaziga Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.

Frankfurt jamoasi 1980-yilda UEFA kubogini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring