Bahodirga jiddiyroq raqib beringlar!

Bugun Toshkent shahridagi «Humo Arena»da professional boks oqshomi tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida Bahodir Jalolov (13-0-0) JAR vakili Kris Tompsonga (12-5-1) qarshi ringga ko‘tarildi.
Jangda Bahodir muxlislarni ko‘p kuttirishni istamadi va birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatdi. Shu tarzda hamyurtimiz o‘zining profringdagi 14-jangida ham nokaut qayd etdi.
Jalolovga kelgusi janglarida munosibroq raqiblar duch keladi deb umid qilib qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter