Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» azaliy raqibi maydonida chempion bo‘ldi

«Barselona» azaliy raqibi maydonida chempion bo‘ldi

Ispaniyada muddatidan avval chempion aniqlandi. La Liganing 34-turida «Barselona» Kataloniya derbisida «Espanol» ustidan g‘alaba qozondi va muddatidan avval chempion bo‘ldi.

Chempionat tugashiga 4 tur qolganida «Barselona» ochkolari sonini 85taga yetkazdi, 2-o‘rindagi «Real»da esa 71 ochko bor. Raqib endi Xavi jamoasiga yeta olmaydi.

Shu tariqa «Barselona» 27-bor Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Espanol — Barselona 2:4
Gollar: Puado (73), Xoselu (90+2) — Levandovski (11, 40), Balde (24), Kunde (53).

Espanol – Pacheko, Xil, Kabrera, Serji Gomes (Puado, 46), Montes, Olivan (Koliosho, 84), Denis Suares (Kalero, 46), Darder, Melamed (Eksposito, 87), Xoselu, Breytueyt (Pedrosa, 55).
Barselona – ter Stegen, Kunde, Kristensen (Alonso, 74), Arauxo (Alba, 63), Balde, Buskets, de Yong, Pedri (Kessie, 89), Gavi (Fati, 74), Rafinya (Dembele, 62), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kunde (2), Gavi (39), Darder (39), Alba (82).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring