Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Barselona» Madriddan g‘alaba bilan qaytdi

 «Barselona» Madriddan g‘alaba bilan qaytdi

«Real» o‘z maydonida mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatiga uchradi.

Ispaniya Kubogining yarimfinali dastlabki uchrpashuvida kataloniyaliklarning qo‘li baland keldi.

Xavi «El Klasiko»da Levandovski, Pedri va Dembele kabi hujumkor futbolchilardan foydalana olmadi. Shu sabab asosiy e’tiborini himoyaga qaratgan holda «Barselona» Madridda avtogol evaziga g‘alaba qozondi. Militao o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ispaniya Kubogi. Yarimfinal
Birinchi o‘yin

Real — Barselona 0:1
2 mart, «Santyago Bernabeu»
Gol: Militao (26, avtogol).
Real – Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Nacho (Rodrigo, 67), Modrich (Rodriges, 84), Kroos (Tchuameni, 74), Valverde, Kamavinga, Benzema, Vinisius.
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alonso, Kunde, Balde, Buskets, Kessie (Roberto, 86), de Yong, Gavi, Rafinya (Fati, 69), Ferran Torres.
Ogohlantirishlar: Vinisius (24), Rafinya (45), Gavi (51), Nacho (55), Kessie (66), Valverde (73).

Javob bellashuvi 5 aprel kuni «Kamp Nou»da o‘tkaziladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring