Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messisiz «Barselona» «Yuventus»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Messisiz «Barselona» «Yuventus»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Joan Gamper Kubogida Kataloniyaning «Barselona» va Italiyaning «Yuventus» klublari bahs olib borishdi. Unda yirik hisob qayd etildi.

E’tiborlisi, «Barselona» Messisiz o‘ynagan bo‘lsa, Italiya klubi safida Ronaldu asosiy tarkibda harakat qildi.

O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan kataloniyaliklar Depay, Breytueyt va Puchning gollari evaziga muvaffaqiyat qozondi va Joan Gamper Kubogini qo‘lga kiritdi.

Barselona — Yuventus 3:0

Gollar: Depay (3), Breytueyt (57), Puch (90+2).

Barselona — Neto, Dest (Yemerson, 62), Pike, Arauxo (Umtiti, 62), Jordi Alba (Balde, 71), Buskets, Serji Roberto (Puch, 71), Demir (Gonsales, 62), Grizmann (Kolyado, 86), Depay, Breytueyt (Manay, 78).

Yuventus — Shchensni (Perin, 46), De Shilo (de Vinter, 79), de Ligt (Kellini, 61), Rugani (Bonuchchi, 61), Aleks Sandro (Pellegrini, 46), Bentankur (Danilo, 46), Remzi (Makkenni, 46), Bernardeski (Ranokkiya, 61), Kuadrado (Keza, 46), Morata (Markes, 61), Ronaldu (Kulusevski, 46).

Eslatib o‘tamiz, jamoaning ramziga aylangan Messi kuni kecha ko‘z yoshlari bilan xayrlashgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring