Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Yunayted» futbolchisi baxtsiz hodisaga uchradi

«Manchester Yunayted» futbolchisi baxtsiz hodisaga uchradi

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi futbolchisi Markus Reshford Angliya chempionati doirasida «Byornli»ga qarshi o‘yindan so‘ng avariyaga uchradi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, baxtsiz hodisa 25 yoshli futbolchi klub mashg‘ulot bazasini tark etayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Reshford 700 ming funt sterling turadigan Rolls Royce mashinasini haydab ketayotgan edi. U harakatlanish hududidagi ustunni yiqitdi. Futbolchining o‘zi ham bu voqeadan hayratda qolgan, biroq baxtsiz hodisa natijasida jabrlanmagan. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan, biroq futbolchi hibsga olinmagan.

Markus Reshford - «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi. 2016-yilda u asosiy jamoada debyut qildi, o‘sha yili futbolchi birinchi marta Angliya terma jamoasi libosida maydonga tushdi. O‘shandan beri vinger «Manchester Yunayted» uchun barcha musobaqalarda 230 dan ortiq, terma jamoada esa 50 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring