Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester derbisi»: «shaharliklar»ning g‘alabasiga Husanov 90 daqiqa hissa qo‘shdi

«Manchester derbisi»: «shaharliklar»ning g‘alabasiga Husanov 90 daqiqa hissa qo‘shdi

Foto: RTE

Angliya chempionatining 4-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisobni 18-daqiqada Fil Foden ochdi, Erling Holand esa dubl (53 va 68-daqiqalar) bilan g‘alabani mustahkamladi va yakunda eng yaxshi o‘yinchi mukofotini oldi.

Asosiy tarkibda tushirilgan Abduqodir Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazib, bu joy o‘ziniki ekanini ortig‘i bilan isbotladi va bemalol aytish mumkinki, turning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘ldi.

Buni o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Gvardiola aytgan so‘zlar ham isbotlaydi:

«Kelayotgan 11 oyda har uch kunda o‘ynashimiz kerak bo‘ladi. Husanov barcha o‘yinlarni o‘ng qanot himoyasida o‘tkazishi imkonsiz — bunga hech kim dosh berolmaydi. Bizga barcha o‘yinchilar kerak.

Lekin ishonchim komil: uning jismoniy holati zo‘r, u yosh va epchil, o‘rganishdan to‘xtamasligi kerak. U o‘z zonasini ishonchli yopdi, toza o‘ynadi va to‘pni deyarli yo‘qotmadi. Ba’zida uning energiyasi noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga undaydi, lekin biz u bilan kelganidan beri bu haqda ko‘p gaplashamiz — bu vaqt masalasi.

Unda aql bovar qilmas tezlik, diqqatni jamlash bor va bugun u haqiqatan ham zo‘r o‘ynadi».

To‘rtinchi turdan so‘ng Gvardiola jamoasi 6 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarildi. «Qizil iblislar» esa 14-o‘rinda (4 ochko).

«Manchester Siti» APLdagi keyingi o‘yinini 21-sentyabrda Londonda «Arsenal»ga qarshi o‘tkazadi. Ammo ungacha YChL doirasidagi mavsumning ilk o‘yinida 19-sentyabr kuni o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring