Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YCHL 2026/2027: Husanov va Umaraliyev grandlarga qarshi!

YCHL 2026/2027: Husanov va Umaraliyev grandlarga qarshi!

Yevropa Chempionlar Ligasining 2026/27 yilgi mavsumi saralash bosqichi to‘liq yakunlandi va musobaqaning umumiy bosqichida qatnashadigan barcha 36 ta klub nomi ma’lum bo‘ldi.

Bugun Monakoda bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimida jamoalar o‘z raqiblarini bilib oldi.

Ikki o‘zbek futbolchisi qatnashishi bu nufuzli turnirga qiziqishimizni karrasiga oshiradi.

Qur’aga ko‘ra, Abduqodir Husanov va «Manchester Siti»ning bu mavsumdagi umumiy bosqichda raqiblari:

  • PSJ
  • Barselona
  • Sporting
  • Portu
  • Napoli
  • Leypsig
  • AEK
  • Lans (Abduqodirning sobiq jamoasi).

Umarali Rahmonaliyev va uning jamoasi — «Sabah» (Ozarbayjon) esa quyidagi raqiblar bilan bellashadi:

  • Barselona
  • Arsenal
  • Borussiya Dortmund
  • Manchester Yunayted
  • Napoli
  • Vilyaarreal
  • Slaviya
  • Viking

Barcha 36 ta jamoa yagona turnir jadvalida kurashadi. Har bir klub 8 ta har xil raqibga qarshi (4 ta uyda, 4 ta safarda) o‘yin o‘tkazadi.

YCHL umumiy bosqichining 1-tur uchrashuvlari 2026-yilning 8–10-sentyabr kunlari start oladi.

Barcha jamoalar va ularning raqiblari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring