Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bayer» hujumchisi YTHda omon qoldi

«Bayer» hujumchisi YTHda omon qoldi

Foto: Thilo Schmuelgen/Reuters

Leverkuzenning «Bayer» klubi ftubolchisi Viktor Bonifase do‘stlari bilan aeroportga ketishda YTHga uchradi, deb xabar berdi Bild.

Bu paytda futbolchi yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan. Ruldagi odam charchoq tufayli boshqaruvni yo‘qotgan va mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Futbolchi ketayotgan mashina ag‘darilib ketgan.

Bonifase shifoxonaga yetkazilgan. «Bayer» jamoasi xabar berishicha, hujumchining qo‘li ozroq shikastlangan. Yuk mashinsi haydovchisi jabrlanmagan.

Joriy mavsumda Bonifase «Bayer» safida 10 o‘yin o‘tkazib, yettita gol urdi. «Bayer» keyingi o‘yinni 26 oktyabrda «Verder»ga qarshi o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring