Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bayer» tarixiy rekordni yangiladi

«Bayer» tarixiy rekordni yangiladi

Leverkuzen klubining ushbu mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 44 o‘yinga yetdi va Xabi Alonso shogirdlari Top-5 ligada «Yuventus»ning (2014) tarixiy rekordini yangilashdi.

Yevropa Ligasi 1/4 finali javob bahsida «Bayer» Londonda «Vest Xem» (1:1) mehmoni bo‘lib, 89-daqiqadagi gol evaziga ushbu rekordni yangiladi.

Germaniya jamoasi uydagi g‘alaba (2:0) evaziga Yevropa Ligasi yarim yinaliga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, «Bayer» o‘tgan hafta oxirida muddatidan avval Bundesliga chempionligini rasmiylashtirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring