Braziliyada futboldagi yangi qoida joriy qilindi

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) futbolchilarning o‘yin paytida to‘pning ustida ikki oyoqda turishini taqiqlovchi qoidalarni tasdiqladi.
Endi ichki chempionatda bunday xatti-harakatga yo‘l qo‘ygan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatiladi va raqib foydasiga jarima zarbasi belgilanadi.
CBF fikriga ko‘ra, bunday harakat raqibni provokatsiya qilish hisoblanadi. Shuningdek, o‘yinchining jarohat olish xavfini oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter