Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chelsi» futbolchilari Tuxelga qarshi bosh ko‘tardi

«Chelsi» futbolchilari Tuxelga qarshi bosh ko‘tardi

Angliyaning «Chelsi» jamoasidagi ayrim futbolchilar bosh murabbiy Tomas Tuxelga qarshi bosh ko‘tarishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Norozilik ortida belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku bosh bo‘lib turibdi. Unga yana bir necha futbolchi qo‘shilgan. Ularga Tuxelning o‘yin paytida baqirishlari, tanqid qilishi yoqmayotgani aytilgan.

Aytilishicha, ana shunday baqirishlar va e’tirozlar sababli futbolchilar go‘yoki oddiy vaziyatlarda ham tavakkal qilishga qo‘rqishmoqda. Shuningdek, norozi tomonlar tarkibning doimiy rotatsiyasiga ham e’tiroz bildirishgan.

Tomas Tuxel «Chelsi» klubiga 2021 yilning avvalida bosh murabbiy etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring