Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chelsi» — Konferensiyalar ligasi g‘olibi!

«Chelsi» — Konferensiyalar ligasi g‘olibi!

Foto: Sports.ru

Polshaning Vrotslav shahrida 29-mayga o‘tar kechasi Yevropa Konferensiyalar ligasi finalida «Chelsi» (Angliya) «Betis» (Ispaniya)ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinda hisobni 9-daqiqada «Betis» vingeri Abde Ezzalzuli ochdi.

Enso 66-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada Jekson «Chelsi»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jeydon Sancho 83-daqiqada oradagi farqni yanada oshirdi. 90+1-daqiqada Kaysedo o‘yinga nuqta qo‘ydi — 4:1.

Enso Mareska boshchiligidagi «Chelsi» Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonib, barcha Yevrokuboklarda zafar quchgan ilk klubga aylandi.

Konferensiyalar ligasi. Final

«Betis» — «Chelsi» 1:4

Gollar: Ezzalzuli 9 — Enso 66, Jekson 70, Sancho 83, Kaysedo 90+1.

«Betis»: Adrian, Sabali, Bartra, Natan, Rodriges (Perro 46), Fornals, Kardozo, Antoni, Isko, Ezzalzuli (X.Rodriges 53), Bakambu (Ruibal 72).

«Chelsi»: Yorgensen, Gyusto (Jeyms 46), Chaloba, Badiashil (Kolvil 61), Kukureliya, Enso, Kaysedo, Netu (Sancho 61), Madueke, Palmer (Gui 87), Jekson (Dyusberi-Holl 80).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring