Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar ligasi: «Liverpul» — «Atletiko Madrid»: o‘yin arafasida

Chempionlar ligasi: «Liverpul» — «Atletiko Madrid»: o‘yin arafasida

Foto: «Reuters»

Bugun, 11 mart kechasi (bizning vaqt bilan 12 mart, tungi soat 01:00 da) «Enfild»da «Liverpul» (Angliya) — «Atletiko Madrid» (Ispaniya) UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi javob uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘z uyidagi birinchi uchrashuvda «Atletiko» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Chorak finalga chiqish uchun

«Liverpul» ikkita gol farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak, 1:0 hisobida qo‘shimcha vaqt belgilanadi.

«Atletiko» uchun variantlar ko‘p: g‘alaba va durang, 0:1 dan tashqari istalgan bitta golli farqqa ega mag‘lubiyat ham madridliklarni keyingi bosqichga olib chiqadi.

Jamoalarning holati

«Liverpul» barcha turnirlarda oxirgi beshta o‘yinning ikkitasida g‘alabaga erishib, uchtasida mag‘lubiyatga uchragan.

«Atletiko» barcha turnirlarda oxirgi olti o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi, shulardan uchtasi — g‘alaba.

O‘yinchilarning holati

«Liverpul»ga asosiy darvozabon Allison, himoyachi Klayn va yarimhimoyachi Shakiri bu o‘yinda yordam bera olmaydi.

«Atletiko»da esa Lemar (yarimhimoya) va Morata (hujum)ning maydonga tushishi savol ostida turibdi.

Taxminiy tarkiblar:

«Liverpul»: Adrian — Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson — Xenderson, Fabino, Veynaldum — Saloh, Firmino, Mane.

«Atletiko»: Oblak — Tripper, Savich, Felipe, Renan Lodi — Korrea, Saul, Tomas, Koke — Joau Felish, Diyego Kosta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring