Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar ligasi: «PSJ» — «Borussiya Dortmund»: o‘yin arafasida

Chempionlar ligasi: «PSJ» — «Borussiya Dortmund»: o‘yin arafasida

Foto: «Reuters»

Bugun, 11 mart kechasi (bizning vaqt bilan 12 mart, tungi soat 01:00 da) «Park de Prens»da «PSJ» (Fransiya) — «Borussiya Dortmund» (Germaniya) UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi javob uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘z uyidagi birinchi uchrashuvda «Borussiya» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Chorak finalga chiqish uchun

«PSJ» keyinga bosqichga chiqishi uchun raqibini 1:0 yoki ikkita gol farqi bilan yutishi shart. Hisob 2:1 holatiga kelib qolsa, qo‘shimcha vaqt belgilanadi.

«Borussiya»ni istalgan hisobdagi g‘alaba yoki durang, 0:1 va 1:2 dan tashqari istalgan bitta gol farqli mag‘lubiyat ham sorak finalga olib chiqadi.

Jamoalarning holati

«PSJ» barcha turnirlardagi oxirgi uchta o‘yinda g‘alaba qozongan.

«Borussiya» barcha turnirlarda oxirgi besh o‘yinda raqiblarini yenggan.

O‘yinchilarning holati

«PSJ»ga himoyachi Mene, yarimhimoyachilar — Verratti (diskvalifikatsiya) va Errera (jarohat) yordam bera olmaydi.

«Borussiya»da esa yarimhimoyachilar — Dileyni va Roys (jarohat) o‘yinga tushmaydi.

Taxminiy tarkiblar:

«PSJ»: Navas — Kerer, Tyago Silva, Kimpembe, Kyurzava — Di Mariya, Markinos, Guye, Neymar — Kavani, Mbappe.

«Borussiya»: Byurki — Zagadu, Xummels, Piщyek — Hakimi, Jan, Vitsel, Gerreyru — Sancho, Holand, Brandt.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring