Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilidagi stadionda ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi (video)

Chilidagi stadionda ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi (video)

Foto: Live Soccer TV

Chili poytaxti Santyagodagi futbol stadioni tribunasi tomi qulab tushdi. Guvohlar olgan videotasvirlar internetda tarqaldi.

To‘rt odam jarohat olgani aytilmoqda, qurbonlar yo‘q. Favqulodda holat joyiga tez yordam vaqtida yetib kelgan.

Stadion tribunalaridan biri, tomiga juda ko‘p odam chiqqani uchun, qulab tushgan. Tom aslida reklama va bannerlar uchun moslashtirilgan edi. 2-oktyabr kuni ushbu stadionda navbatdagi o‘yinlardan biri o‘tkazilishi kerak edi.

Indoneziya chempionatida futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 170 dan ziyod odam halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring