Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dani Alves «Barselona»ga qaytdi

Dani Alves «Barselona»ga qaytdi

Foto: «Twitter»

Braziliyalik himoyachi Dani Alves qadrdon jamoasi «Barselona»ga qaytmoqchi ekani haqida xabar bergandik. Xabar tasdiqlandi — Alves yana «Kamp Nou»da to‘p suradi. Bu haqda «Barselona» matbuot xizmati ma’lum qildi.

38 yoshli futbolchi bilan joriy mavsum oxirigacha muddatga shartnoma imzolangan.

Dani Alves keyingi haftadan mashg‘ulotlarga kirishadi, biroq 2022-yilning yanvariga qadar rasmiy o‘yinlarda maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun: Dani Alves 2008–2016-yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan: 391 o‘yin, 21 gol, 101 golli uzatma.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring